icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangihayotda yangi sanoat zonasi barpo etilmoqda

23.11.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi.

Mamlakatimizda sanoat va tadbirkorlik rivojlangani sari qo‘shimcha sharoitlarga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20-martdagi qarori bilan tashkil etilgan mazkur sanoat zonasi yana ko‘plab korxonalarga joy bo‘ladi.

Hudud iqtisodiyotida katta o‘ringa ega bo‘lishi kutilayotgan majmua maydoni 764 gektar. Ayni paytda infratuzilma tarmoqlari barpo etilmoqda. Bu yerda oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, mashinasozlik va kimyo sanoati kabi yo‘nalishlarda 1 milliard 375 million dollarlik 47 ta loyiha joylashtiriladi. Ularda 12 mingtaga yaqin yangi ish o‘rini yaratiladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, korxonalarda xalqaro brendlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, “DP World”, “JAC Motors”, “Krantas”, “Aces Japan”, “East can solutions”, “EAS” va “Evyap” kabi nufuzli kompaniyalar hamkorligida qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Davlatimiz rahbariga shunday loyihalardan ayrimlari taqdimot qilindi.

Xususan, Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan sanoat zonasini boshqarish, investorlarni jalb qilish va infrastruktura obyektlarini barpo qilish ko‘zda tutilgan. “JAC Motors” kompaniyasi tijorat avtotransport vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 135 million dollarlik bu loyiha natijasida 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yaponiyaning “Aces Japan” kompaniyasi bilan hamkorlikda 9 million dollarlik ofis uchun o‘rindiq va mebellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, yana 100 kishining bandligi ta’minlanadi.

Birlashgan Arab Amirligining “DP World” kompaniyasi bilan esa transport-logistika markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlangan.

Hududda laboratoriya, tadqiqotlar markazi, konferensiya zallari hamda savdo zonasi tashkil etiladi. Shuningdek, dual ta’lim yo‘lga qo‘yilib, sanoat korxonalari uchun kerakli mutaxassislar shu yerning o‘zida tayyorlanadi.

- Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotimiz ikki barobar o‘sib, bu yil 110 milliard dollarga yetayapti. Endi buni 200 milliard dollarga yetkazishga marra oldik. Investorlarning loyihalari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermasak, bu ko‘rsatkichga yetolmaymiz. Toshkent shahri bunda ham namuna bo‘lishi kerak, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga loyihalarda mahalliylashtirish va raqamlashtirish, energiya tejamkorlikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo