icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Nuroniy” jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi yangi binosi va «Nuroniylar maskani» bilan tanishdi

08.07.2017

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keksalarning hayoti darajasini oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.  

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Davlatimiz rahbari “Nuroniy” jamg‘armasining Namangan viloyati bo‘limi yangi binosi va «Nuroniylar maskani» bilan tanishdi. 

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e’zozlagan kam bo‘lmaydi, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Jamg‘armaning Namangan viloyati bo‘limida ma’muriy bino, choyxona barpo etilgan. Barcha xonalar zamonaviy mebel va komputer jamlamalari bilan jihozlanib, qulay ish sharoiti yaratilgan. 

Prezidentimiz «Nuroniylar maskani»da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Oqsoqollar bilan suhbatlashdi. 

Suhbatda yoshlar tarbiyasi, boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Aholini ish bilan ta’minlash masalasi diqqat markazida bo‘ldi. 

Davlatimiz rahbari Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan Gulchilar assotsiatsiyasi faoliyati bilan tanishdi. 

Bu sohaga alohida e’tibor qaratish kerak. Assotsiatsiyaga yer maydoni ajratish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Viloyatning har bir tumanida assotsiatsiya bo‘limlarini tashkil qilish, ularga malakali gulchilarni taklif etish darkor, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentimiz Namangan texnika universitetida maxsus fakultet tashkil qilib, gulchilik ilmini yoshlarga o‘rgatish, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo