17.10.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xususan, onalar va bolalar salomatligini ishonchli muhofaza qilish orqali milliy genofondni asrash va mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etishga qo‘shgan munosib hissasi, yuksak bilim va professional mahoratga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
Nadirxanova Natalya Suratovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Lyubchich Adelina Semyonovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining faxriy shifokori
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Baltabayeva Zulfiya Sabirovna - Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kim Yen-Din - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Raxmanov Uzganbay Mansurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya qabuli bo‘limi akusher-ginekologi
Frenkel Rimma Arkadevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining homiladorlar patologiyasi bo‘limi akusher-ginekologi
Chernova Natalya Ivanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi hamshirasi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Adilova Gulnara Mirzayevna - Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati
Neulibina Natalya Sergeyevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Oila va nikoh» maslahatxonasi pediatri
Salixodjayeva Gulnora Romanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patologoanatomiya bo‘limi mudiri
Sidikova Larisa Dmitriyevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endovizual laparoskopik ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi
Chalova Aysultan Djumaniyazovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi katta doyasi
Shomirov Abduxamid Qo‘chqarovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi
«Shuhrat» medali bilan
Isamuxamedov Baxtiyar Karimberdiyevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Oila va nikoh» maslahatxonasi terapevti
Nafikova Gulnora Arshadovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi doyasi
Nurmatova Muxabbat Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusherlik qabuli bo‘limi akusher-ginekologi
Yusupbayev Rustem Bazarbayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining fetal tibbiyot bo‘limi mudiri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev