icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Pop tumanida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

07.07.2017

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pop tumanidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Ko‘mir briketlari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi. 

Mamlakatimizda energetika sohasi izchil isloh etilmoqda. Energiya manbalari diversifikatsiya qilinib, aholi va tashkilotlarga bir necha turdagi energiya yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. 

Pop tumanida shu sohadagi yana bir korxona ishga tushirildi. Qiymati 7 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha natijasida yiliga 500 ming tonna ko‘mir briketlari ishlab chiqariladi. Korxonada 160 yangi ish o‘rni yaratildi. 

Prezidentimiz briket ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mahsulotning narxi, samaradorligi bilan qiziqdi. Zavodda ko‘mir kukuni zamonaviy texnologiya asosida qayta ishlanib, quvvati yuqori moddalar bilan boyitiladi, hid va zararli gazlardan tozalanadi, tashish uchun qulay qilib qadoqlanadi. Bu mahsulot an’anaviy energiya manbalariga nisbatan ancha arzon va uni olis hududlarga ham yetkazib berish mumkin. 

Shavkat Mirziyoyev zavod mahsulotlarini mamlakatimiz hududlariga tarqatish punktlari tashkil etish, briket va uni yoqishga mos pechlarni aholiga yetkazib berish, buning uchun imtiyozli kreditlar ajratish kerakligini ta’kidladi. Bunday zamonaviy korxonalarni yurtimizning boshqa joylarida ham bunyod etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Shuningdek, bu yerda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallangan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Namangan viloyatida 2017-2018-yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga 200 million dollarlik investitsiya yo‘naltirilmoqda. 

Hech bir viloyatda bu sohaga buncha mablag‘ ajratilmagan, dedi davlatimiz rahbari. Bundan maqsad aholini arzon, sifatli, keng turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlash, yangi ish joylari ochish. Bunday materiallar ko‘p va arzon bo‘lsa, odamlar o‘ziga uy-joy quradi, yangi maktab va shifoxonalar, korxonalar, yo‘llar bunyod etiladi. Xalqimiz farovonligi yanada oshadi. 

 Pop tumanida sement, shifer, asbest quvurlar, beton va yarim sintetik moylash materiallari, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida sement, Namangan shahrida keramik plita va santexnika mahsulotlari, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida pishiq g‘isht, Chust tumanida pardozlash toshlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo