26.09.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish, sohada zamonaviy davolash usullari va ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish, xususan, murakkab jarrohlik operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuksak professional mahorat va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
Ismailov Saydimurad Ibragimovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Gulamov Olimjon Mirzaxitovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining torakoabdominal onkoxirurgiya bo‘limi mudiri
Madgaziyev Oleg Raxmatovich - Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining torakoabdominal xirurgiya bo‘limi shifokori
Xaybullina Zarina Ruslanovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining klinik biokimyo va mikrobiologiya bo‘limi mudiri
Xaydarov Alisher Erkinovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kardioanesteziologiya, kardioreanimatsiya va sun’iy qon aylanish bo‘limi mudiri
Yarbekov Rustam Raimkulovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari va uning asoratlari xirurgiyasi bo‘limi mudiri, kardiojarrohi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Rustamova Frangis Kamranovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi bo‘limi kichik tibbiy xodimi
Shuvayeva Olga Vladimirovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tibbiyot arxivi mudiri
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Djurayeva Nigora Muxsumovna - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining magnit rezonans va kompyuter tomografiyasi bo‘limi mudiri
Kadirov Marat Jalgasovich - U.Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘limi shifokori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev