icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Qatar delegatsiyasini qabul qildi

25.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etayotgan Qatar Davlati moliya vaziri Ali bin Ahmad al-Quvariy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Ali al-Quvariy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

"Yashil" energetika, transport, sog‘liqni saqlash, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Yil yakuniga qadar Doha shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkazilishi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo