icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Hindiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

25.09.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev OIIB Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi doirasida Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Nirmala Sitxaraman davlatimiz rahbariga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil noyabr oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda o‘tkazish hamda uning doirasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhimligi qayd etildi.

Energetika, neft-kimyo, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohalarida loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo