icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va sug‘urta tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

04.09.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda tibbiy sug‘urta mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasallikni erta aniqlash va davolashda birlamchi bo‘g‘in juda muhim. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu yo‘nalishdagi islohotlarni xalqimizning, ayniqsa, olis hududlardagi aholining talab va ehtiyojlarini chuqur o‘rgangan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlardan yana biri – davlat tibbiy sug‘urtasi. Bu borada muayyan ishlar boshlangan va tayyorgarlik ko‘rilgan.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini shu yil 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish taklif etilmoqda.

Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari joriy qilinadi. Tibbiyot xodimlari ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitiladi. Muassasalar zarur texnika va tarmoq qurilmalari bilan jihozlanadi.

Bu tizimning ahamiyati shundaki, tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq qilinadi.  Sug‘urta doirasida tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish va dori vositalarini taqdim etish davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi, aholidan qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini boshqa hududlarda 2026-yil yakuniga qadar joriy etish rejalashtirilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo