O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar
14.06.2024
O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Marosim xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qat’iy intilishining ramziy ifodasi bo‘ldi.