icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi

30.06.2017

Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida 30-iyun kuni O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. 

Anjuman dasturi rang-barang tadbirlarga boy bo‘ldi. Qurultoy delegatlari O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Taqdir sinovlari” spektaklini tomosha qildi. “Shahidlar xotirasi” xiyoboni va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasini borib ko‘rdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji, Yakkasaroy tumanidagi 144-umumta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yoshlar ijod saroyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida akademiklar va yosh olimlar bilan uchrashdi. 

Qurultoy delegatlari Mustaqillik maydonida hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gullar qo‘ydi. 

Simpoziumlar saroyida “Kamolot”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlaridan saylangan delegatlar, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari jam bo‘ldi. 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining qurultoyi ochiq, deb e’lon qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. 

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. 

Delegatlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati negizida O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini ma’qulladi. 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi o‘rinbosari B.Mamadaliyev, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi A.Daniyarov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti magistranti O.To‘ychiyev, “Result” o‘quv markazi rahbari A.Sa’dullaev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi M.Raimqulova, Sirdaryo viloyatidagi “Sarvinoz Sobirjonovna Fayzi” fermer xo‘jaligi rahbari S.Shokirova va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi navqiron avlod orasiga chuqur kirib boradigan muhim institutga aylanishini ta’kidladi. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi etib Qahramon Quronboyev saylandi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo