icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

30.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

ICESCO bosh direktori samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, mamlakatimizda boy ilmiy va madaniy merosni asrab-avaylash, har tomonlama o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat natijalarini yuqori baholadi.

O‘zbekiston Prezidenti tashkilot bilan o‘zaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

2007-yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, 2020-yilda Buxoro shahri, 2025-yil uchun esa Samarqand shahri ushbu maqomga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti hisoblanadi. Toshkent shahridagi Xalqaro islom akademiyasida ICESCOning Islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha maxsus kafedrasi faoliyat yuritmoqda.

Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida qo‘lyozmalar va boshqa tarixiy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, bu boradagi loyihalarni amalga oshirish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish belgilandi.

Amaliy sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida O‘zbekistonda ICESCOning mintaqaviy vakolatxonasini ochish masalasi o‘rganiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo