O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi
07.05.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.