
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlarining uchrashuvi samarali boʻldi
05.04.2024
Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.
Koʻhna Xiva shahrida oʻtgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Qasim-Jomart Toqaev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.
“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishildi.
Xiva shahridagi Ichan-qal'a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.
Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qoʻydi. Soʻng davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.