icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi

15.03.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda og‘ir atletikani hamda mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishda sport katta o‘rin egallaydi. “Besh tashabbus” olimpiadasi, respublika chempionatlari doirasida u keng ko‘lam kasb etmoqda. Shu bilan birga, olimpiya sport turlarini rivojlantirib, mahoratli sportchilarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida og‘ir atletika bo‘yicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularni professional darajada tayyorlash uchun Og‘ir atletika markazi tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu markaz Sport vazirligi huzurida Chirchiq shahrida tashkil etiladi. U ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi bo‘lib, 7-11-sinf bolalarga saboq beriladi. Ular ilg‘or usullar asosida terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlanadi. Markaz 2025/2026-o‘quv yilidan faoliyat boshlashi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining homiyligida Og‘ir atletika sport klubi tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatida hududiy maktablar ochiladi.

Umuman, bu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida uch yillik dastur ishlab chiqildi. Unda yoshlarning og‘ir atletikaga qiziqishini oshirish, hududlarda sportchilar uchun yetarli sharoitlar yaratish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etib, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish kabi vazifalar qamrab olingan.

Og‘ir atletikani ommalashtirish maqsadida 3 bosqichli musobaqalar, Markaziy Osiyo va “Uzbekistan Open” ochiq chempionatlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yurtimizda eng ommaviy sport turi bu futbol. Shu bois mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish maqsad qilingan.

Buning uchun mahallalarda mavjud stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan samarali foydalaniladi. Ular yo‘q joylarda davlat-xususiy sheriklik asosida shunday inshootlar barpo etiladi. Erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari o‘rtasida mahalla terma jamoalari tuziladi. Iqtidorli yoshlar aniqlanib, professional futbol muassasalariga yo‘naltiriladi.

Bu borada mahalladagi yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari va sport maktablari ko‘maklashadi.

 Shuningdek, joriy yildan boshlab, Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida, 8-11-sinf o‘quvchilari orasidan maktab futbol yetakchisi tanlab olinadi. 12-15 yoshlilar o‘rtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” hamda 16-30 yosh toifalari orasida uch bosqichli Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Bular mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tanlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy terma jamoalar uchun sifatli zaxira shakllantirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, yoshlar o‘rtasida sport va do‘stlik muhitini mustahkamlash, musobaqalarni yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo