icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti «Voltalia» kompaniyasi bilan sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

29.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif doirasida «Voltalia» kompaniyasi bosh direktori Sebasten Kler bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Fransiyaning ushbu kompaniyasi qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi inshootlarni qurishda boy tajribaga ega. Hozirda dunyoning 20 mamlakatida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda.

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar tufayli keng qamrovli tus olgan O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrif doirasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Shu ma’noda, “Voltalia” bilan hamkorlikda Tuproqqal’a tumanida quvvati 100 megavattli quyosh elektr stansiyasini barpo etish loyihasi doirasidagi ishlar boshlanayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelgusida agrovoltaika yechimlarini joriy qilgan holda uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari kompaniya bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan Xorazm viloyatida akkumulatorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Buxoro viloyatida gibrid turdagi elektr stansiyasini qurish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo