icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi

24.01.2024

24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Letszi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.

Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi ikki barobar, qo‘shma korxonalar soni uch barobar oshdi.

Hududlararo kooperatsiya kengaydi, 22-yanvar kuni Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlar forumining samarali natijalari bundan dalolat bermoqda.

Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish borasidagi tajribasi faol joriy qilinmoqda.

Uchrashuvda mamlakatimiz texnik yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sug‘urta, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Parlamentlar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish va “O‘zbekiston-Xitoy” do‘stlik guruhlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tgan yili O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari o‘tkazilgani, ayni paytda Pekinda O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida o‘tayotgan tadbirlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo