 
        
        
            
        
    
        
                            O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga jo‘nab ketdi                        
                    23.01.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

 
                                 
                                 
                                 
                             
                             
                            
