31.12.2023
Xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llamoqda.
Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Mamlakatimizning pragmatik tashqi siyosati yuqori samara berayotgani, buning natijasida yurtimiz xalqaro nufuzi yuksalib borayotgani ta’kidlangan.
Xorijiy hamkorlar O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, yangi muvaffaqiyatlar, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol;
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;
Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;
Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Rishi Sunak;
Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella;
Vengriya Prezidenti Katalin Novak;
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;
Norvegiya Qiroli Xarald V;
Gretsiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu;
Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;
San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Filippo Tamanini va Gaetano Troina;
Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;
Moldova Respublikasi Prezidenti Mayya Sandu;
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;
Xitoy Xalq Respublikasi Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Shimoliya Atlantika shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Yens Stoltenberg;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy;
BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze;
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario;
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax;
Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer;
Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill.
Qutlovlar kelishda davom etmoqda.