
O‘zbekiston Prezidenti Bokuga keldi
23.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi.
Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.