10.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan
Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo‘limi mudiri
Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati
Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Mamanazarov Kurban Mamarajabovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati
Eminov Baxodir Jo‘rayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Farg‘ona viloyati
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Jabbarov Ashir Norqobilovich - Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Qosimova Dinoraxon Siddiqovna - Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Namangan viloyati
Mo‘ydinova Dilbarxon Usarboyevna - Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati
Xujayev Nuriddin Xurramovich - Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Aliyev Sherzod Maxmudjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri
Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati
Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna - Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz bo‘limi mudiri
Yernazarov Oralbay - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul bo‘limi terapevti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Karimov Murodulla Yuldashevich - Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri
Molayxanov Rustam Xudayberganovich - Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi shifokori
Nurillayeva Marifat Tag‘ayevna - Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi
Ro‘ziyeva Aziza Komunarovna - Olot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati
Salomova Ra’no Xayrullayevna -Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati
Tajiyeva Nargiza O‘rinboyevna - Qo‘shko‘pir tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati
Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik bo‘limi mudiri, Namangan viloyati
Tojiyev Shomurod Musurmonovich - Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati
To‘xtayev Tojidin Parpiyevich - Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» tog‘li hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati
Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna - Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy bo‘limi bolalar shifokori, Namangan viloyati
Malkova Yelena Mixaylovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti
Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi jarrohi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich - Farg‘ona shahridagi «ASAF Medical» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Farg‘ona viloyati
Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna - Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi
Karimov Xusan Raimberdiyevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi
Mustanov Abdusamat Norsaatovich - O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Nasriyeva Muhabbat Djo‘rayevna - Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati
Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna - Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Atajanova Zamira Nurullayevna - Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kuranbayev Rustam Alimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani bo‘limi feldsheri
Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna - Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri
Mo‘minova Adolat Xolmatovna - Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati
Ravshanov Sobir Kenjayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani bo‘limi haydovchisi
Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna - Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati
Ermatov Abdumalik Abduraximovich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Farg‘ona viloyati
Yakubov Raxim Kamilovich - Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi professori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev