O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar
10.11.2023
O‘zbekiston-Italiya sammiti dasturi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Serjo Mattarella daraxt ekish marosimida ishtirok etdilar.
“Ko‘ksaroy” qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida davlat rahbarlari birgalikda archa ekdilar. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari mustahkamlanib, O‘zbekiston va Italiyaning ko‘p qirrali hamkorligi va strategik sherikligi kengayib borayotganining ramzi bo‘ladi.