icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Farg‘ona mexanika zavodiga tashrif buyurdi

23.06.2017

Tez kunda Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlari o‘rtasida elektrichka qatnay boshlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona mexanika zavodiga tashrifi chog‘ida shu haqda ma’lum qilindi. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish, aholiga qulay, arzon va xavfsiz transport xizmati ko‘rsatish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari o‘rtasida elektrichka harakati yo‘lga qo‘yilayotgani bu boradagi muhim qadamlardan bo‘ladi. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu yo‘nalishlar uchun 5 elektrichka modernizatsiya qilindi. Natijada transport vositalarining tashqi va ichki qiyofasi butunlay o‘zgargan. Vagonlarga konditsioner, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Xorijdan yana 10 elektropoyezd olib keltirish rejalashtirilgan. Har bir elektrichka 6 vagondan iborat. 

Joriy yilda Farg‘onadan Marg‘ilongacha bo‘lgan temir yo‘lni elektrlashtirish ishlari yakunlanadi. 

Prezidentimiz mazkur turdagi temir yo‘l transport qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Ilgari Farg‘ona vodiysida elektropoyezd qatnaydi desa, birov ishonmasdi. Endi Qo‘qondan Andijonga bir soatda yetib borish mumkin. Bu ham xalqimizning uzog‘ini yaqin qilish borasidagi, odamlar manfaatini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasidir, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, Farg‘ona shahar vokzali binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo