
Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi
01.11.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Qur’oni karim oyatlari tilovat etildi. Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi.
Maqbara majmuasi hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirdi.