icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon shahar teatrini borib ko‘rdi

22.06.2017

Mamlakatimizda madaniyat va san’atni yanada rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash orqali aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Yurtimizning barcha hududlarida tarixiy obidalar ta’mirlanmoqda, yangi madaniyat va ma’naviyat maskanlari bunyod etilib, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.  

Qo‘qon shahar teatri 1987-yilda qurilgan. Teatr binosi, jumladan, 750 tomoshabinga mo‘ljallangan zal zamonaviy ta’mirlangan. 

Prezidentimiz ijodkorlar bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obro‘yi va nufuzini yanada oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Teatrni haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘iga aylantirish uchun avvalo yaxshi asarlar kerak, dedi davlatimiz rahbari. Buning uchun bu yerda taniqli san’at namoyondalari, dramaturglar bilan uchrashuvlar tashkil etib,  ijodiy muhit yaratish zarur. 

Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ijodiy jamoani grim va postijyor mahsulotlari, liboslar, teatrni sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va boshqa buyumlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oshirish, yosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo