Prezident Samarqandga tashrif buyurdi
16.10.2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun 16-oktabr kuni Samarqand viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif chog‘ida Prezidentimiz YUNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.