O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boshlandi
05.10.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi.
Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Ertaga, 6-oktabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.