O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi
05.10.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, qator obyektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.