
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga keldi
28.09.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi.
“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 29-sentabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.