icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida

20.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi olijanob fazilatlarni, shukronalik, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: 

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26-iyun dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017-yil 26-iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin. 

2. Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg‘armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda xalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirsin. 

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2017-yil 20-iyun 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo