
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjon Respublikasiga davlat tashrifiga doir
21.08.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.