icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qatar yetakchilari amaliy hamkorlik loyihalarini jadallashtirish muhimligini ta’kidladilar

28.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlar ijrosini jadallashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Telefon muloqoti avvalida davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lmish Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan bir-birini dildan qutlab, ikki mamlakat xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va barqaror taraqqiyot tiladilar.

Samarqandda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqani va aniq mazmun bilan boyitgani haqida yakdil fikr bildirildi.

Yetakchilar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda qabul qilingan qo‘shma qarorlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar. “Yashil” energetika, moliya, infratuzilma, transport va logistika, qurilish va boshqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo