icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qurbon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

28.06.2023

Butun musulmon ummatining muqaddas bayrami, xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan, ezgulik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat va saxovat kabi boqiy umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.

Qutlovlarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimiz bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Jamol Rashid;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo