O‘zbekiston Prezidenti Eronga keldi
18.06.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga keldi.
“Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.