O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri birgalikda daraxt ekdilar
06.06.2023
O‘zbekiston-Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdilar.
Bu O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlarimiz do‘stligini mustahkamlash yo‘lidagi qat’iy intilishi ramzidir.