06.06.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi.
Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart
© 2024 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan