
O‘zbekiston Prezidenti Cho‘lponotaga jo‘nab ketdi
02.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi.
Bugun davlatimiz rahbari Cho‘lponota shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" ikkinchi sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.