icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qabul qilingan hujjatlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi

24.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Respublikasi Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;

– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Respublikasi Biznes federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo