icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

12.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida 12-iyun kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentimiz 2017-yil 8-9-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom va mehmondo‘stlik uchun Qozog‘iston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Qozog‘iston poytaxtida o‘tgan ushbu sammit ShHT faoliyatini rivojlantirishda tarixiy voqea bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Hindiston va Pokistonning Tashkilotga teng huquqli a’zolikka qabul qilingani sammitning asosiy natijalaridan biri sifatida qayd etildi. ShHT doirasidagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. 

Prezidentimiz Qozog‘iston rahbariyatini “Ostona EKSPO – 2017” xalqaro ko‘rgazmasi yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi va tadbir muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi. Mazkur ko‘rgazma mintaqamiz davlatlarini yanada rivojlantirish borasida yuksak texnologiyalar va investitsiyalar jalb etishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Suhbat O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlariga xos samimiy va do‘stona, o‘zaro anglashuv va hurmat ruhida o‘tdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo