
O‘zbekiston Prezidenti tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi
17.05.2023

Samarqand shahridagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19-may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.