icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Ispaniya Qiroli bilan uchrashdi

09.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning Ostona sammiti doirasida Ispaniya Qiroli Filipp VI  bilan muzokara o‘tkazdi. 

O‘zbekiston rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari uzoq o‘tmishga borib taqalishini ta’kidladi. 

Olti asr muqaddam Sohibqiron Amir Temur va Kastiliya qiroli Enrike III sa’y-harakati bilan Samarqandda va Kastiliya poytaxti Segoviyada elchixonalar ta’sis etilgan. O‘zaro hamkorlikning bugungi yuksak darajasiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Qirol Xuan Karlos I o‘rtasida qaror topgan alohida munosabatlar tufayli erishildi. 

Shavkat Mirziyoyev va Filipp VI suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etib, xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 

Tomonlar davlatlararo aloqalarni kengaytirishda oliy darajadagi muloqot muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Tashqi siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlari nafaqat dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari bo‘yicha fikr almashish, balki turli darajadagi kelgusi uchrashuvlar jadvali va kun tartibini ishlab chiqish hamda kelishish imkonini bermoqda. 

Davlatlararo munosabatlarning muhim bug‘ini bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham tomonlar diqqat markazida bo‘ldi. 

Ikki tomonlama savdo sohasida ko‘plab qulayliklar yaratilib, sezilarli darajada, ya’ni joriy yilning dastlabki 4 oyida to‘rt barobar o‘sishga erishilganiga qaramasdan, bu boradagi ko‘rsatkichlar hamon yuqori emas. O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va tarkibini kengaytirish zarurligi qayd etildi. O‘zbekiston bilan Ispaniya buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston mamlakatimizda Ispaniya biznesining, xususan, neft-gaz, energetika, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, pardozlash materiallari va sopol mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali kengayishidan manfaatdordir. 

Ispaniya turizm sohasida ulkan natijalarga erishgan va bu borada jahon miqyosida ilg‘or tajribaga ega. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu sohada uzoq muddatli tizimli hamkorlik o‘rnatish, boshqacha aytganda, strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildi. 

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya tashkil etish va uning dastlabki majlisini shu yil Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo