icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti YEI bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

17.05.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand sammiti doirasida Yevrokomissiya Raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zbekistonning YEI institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini, shu jumladan mintaqaviy sheriklik formatida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Valdis Dombrovskis davlatimiz rahbariga Yevrokomissiya Raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishelning samimiy salomlarini yetkazdi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuvda o‘zaro muloqotlar va samarali almashinuvlar faollashgani, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik sur’ati oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekistonning YEI mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan 65 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar portfeli 20 milliard yevrodan ziyodni tashkil qilmoqda.

YEI institutlari bilan faol muloqotni, eng avvalo, iqtisodiy yo‘nalishda davom ettirish muhimdigi ta’kidlandi. Bunda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi, “GSP+” preferensiyalar tizimida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar e’tibor markazida turibdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo