icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
ShHT davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi

09.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etmoqda. 

Sammit 9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi. 

Muzokarada ShHT va uning organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Davlat rahbarlari ShHTning so‘nggi sammitida kelishilgan masalalar – tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, gumanitar hamda transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga doir keng ko‘lamdagi masalalarni ko‘rib chiqdilar. 

ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar ijrosiga e’tibor qaratildi. 

ShHT nisbatan qisqa vaqt ichida nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. ShHT tuzilganidan keyin ko‘plab davlatlar unga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. 

Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti,  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ASEAN kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik ShHT nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi. 

Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent sammitida davlat rahbarlari Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risida kelishib olgan edi. 

Sammit o‘z ishini davom etirmoqda. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo