icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHTning Ostona sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

09.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hindiston Bosh vazirini ShHT sammitida Hindistonning mazkur xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinayotgani munosabati bilan tabrikladi. 

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2016-yil mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi. 

Narendra Modi O‘zbekiston Hindistonni ShHTga a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni qat’iy qo‘llab-quvvatlab kelgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Ushbu tarixiy voqea o‘zaro serqirra sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini qayd etdi. 

Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan yana bir bor tabriklab, ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam ishonchga asoslangan aloqalar bundan keyin ham rivojlanib borishiga ishonch bildirdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Ayniqsa, siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tomonlar bundan buyon ham oliy va yuksak darajadagi aloqalarni faol rivojlantirish, muntazam siyosiy maslahatlar o‘tkazish, xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.   

O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilar ekan, 2016-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, 366 million AQSh dollarini tashkil qilgani ta’kidlandi. Biroq bu ko‘rsatkich ikki davlat imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘zaro savdo hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish uchun ulkan salohiyatga ega. 

"Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida "Minda" kompaniyasi bilan avtomobillar butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish, "Novafarm" va "Ultra Xels Kear" kompaniyalari bilan Surxondaryo viloyatida dori-darmonlar va Toshkent viloyatida ineksiya preparatlari ishlab chiqaradigan zamonaviy korxonalarning bunyod etilishi ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikka misol bo‘la oladi. 

Birgalikda dasturiy mahsulotlar yaratish va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlar, pilla va charmni chuqur qayta ishlash, eksport uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, avtomobil ehtiyot qismlari, elektrotexnika mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. 

O‘zbekiston Hindistonning faramatsevtika sohasida boy tajribasini inobatga olib, ushbu yo‘nalishda uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo