icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi

09.06.2017

ShHTning Ostona sammiti doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi.  

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti bilan bu galgi uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlik aloqalarni kengaytirishda muhim bosqich bo‘lishi, Samarqanddagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni mazmunan boyitishini ta’kidladi. 

Almazbek Atamboyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining azaliy qardoshlik munosabatlari, urf-odat va an’analari o‘xshashligi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.    

Keyingi paytlarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Davlat rahbarlarining telefon orqali muloqotlari, hukumatlar va hududlar darajasida delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz jamoatchiligi vakillarining Andijon va O‘sh shaharlariga o‘zaro tashrifi  bo‘lib o‘tdi.   

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.  

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo