
Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida
08.05.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110- va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan:
1. 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin.
2. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev