icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

23.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, tovarlar ta’minotining global zanjirlarini diversifikatsiyalash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:

1. 2024 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son farmonida:

1-banddagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2023 yil 1 iyulga qadar” so‘zlari “2024 yil 1 yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-banddagi “2023 yil 1 yanvarga qadar” so‘zlari “2024 yil 1 yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasi (J.Xodjayev) bir oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan o‘tkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish;

import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan kundalik iste’mol tovarlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

5. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Xodjayev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh.MIRZIYOEV

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo