icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqi

20.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Ramazon hayitining birinchi kuni 2023-yilda 21-aprelga to‘g‘ri kelishini  inobatga olgan holda aholining ushbu bayramni munosib kutib olishi va yuksak saviyada o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti            Sh.Mirziyoyev

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2023-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansin:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
2-yanvar – dushanba, 24-aprel – dushanba, 30-iyun – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 22-aprel – shanba, 1-iyul – shanba, 2-sentabr – shanba, 30-dekabr – shanba”.

2. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” so‘zlari “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo