05.06.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 1 iyundagi PF-5066 - sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatida:
1.1. Tashkil etilsin:
Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi negizida- Kadrlar boshqarmasi va Shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasi;
Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijroni nazorat qilish bo‘limi;
1.2. Aylantirilsin:
Tashkiliy-tezkor boshqarmasi Tezkor boshqarmasiga;
Avariya-qutqaruv kuchlari boshqarmasi Qutqaruv kuchlari boshqarmasiga;
Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa va xabar berish tizimini rivojlantirish boshqarmasiga;
Aholi va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasiga;
Inspeksiya unga aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek, kichik xajmli kemalardan xavfsiz foydalanish to‘grisidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish vazifalari yuklangan holda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimini nazorat qilish xizmatiga.
3. Kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati tuzilmasiga Moddiy-texiik ta’minot va moliya xamda Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimlari;
hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibiga iqtisodiyot ob’ektlari va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga jalb etilgan davlat inspeksiyalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan bosh inspektor lavozimi.
4. Tasdiqlansin:
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmik xavf- xagarlar monitoringi va bashoratlash markazining tuzilmasi 9-ilovaga muvofik;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining tuzilmasi 10-ilovaga muvofiq;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tuzilmasi 11 -ilovaga muvofiq;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik chizmasi 12-ilovaga muvofiq;
Favqulodda vaziyatlar vaziriga zaruragga ko‘ra, vazirlik markaziy apparati, uniig hududiy va tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalariga umumiy shtat birligi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Ushbu qaror ijrosi bilan boglik tadbirlarga harajatlar Davlat byudjetining “mudofaa, jamoat tartibi va xavfsizlik” bo‘limi bo‘yicha har yili tasdiklanadigan ko‘rsatkichlari doirasida, asoslangan hisob-kitoblar asosida, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsii.
6. Iqtisodiyot vazirligi (Saidova G.K.), Investitsiyalar bo‘yicha Davlat ko‘mitasi (Axmedxadjayev A.I.), “Uzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (Rozukulov U.U.), “Uzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi (Sultanov A.S.), “Uzbekengilsanoat” aksionerlik jamiyati (Xaydarov I.U.) uch oy muddatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning yo‘nalishlari va ro‘yxatlari asosida avariya-kutqaruv texnikalari, maxsus anjomlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqishni mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha aniq takliflarni 14-ilovaga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Aripov A.N.) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Nizomini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Djurayev R.M.):
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu karorga muvofiq harajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritsin, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning bo‘linmalarining yangi shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkazsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror talablaridan kelib chikkan holda, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar ushbu qaror bilan muvofiqlashtirilsin;
2018 yil 31 dekabrga kadar vazirlikning yangi va qayta tashkil etilayotgan bo‘linmalarini zarur kasbiy va ma’naviy-irodaviy sifatlarga ega, yuqori darajada vatanparvar va xizmat vazifalariga sodiq mutaxassislar bilan jamlash amalga oshirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish tadbirlari to‘grisida»gi 2017 yil 1 iyundagi PF-5066 - sonli Farmoni bilan tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish Xukumat komissiyasi (Ramatov A.J.):
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish va yanada takomillashtirishga karatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qabul qilingan qarorlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni ta’miilasin;
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini malaka toifasi talablari asosida o‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Berdiyev Q.R.) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yangi tashkil etilayotgan tuzilmalarini zahiradagi ofitserlar va serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar bilan jamlashda amaliy yordam ko‘rsatsin.
11. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat kilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov A.N. va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Maxmudov V.V. zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri