icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi

02.06.2017

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tashkil etiladigan 2000 bosh qoramol va 10 000 bosh naslli echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizga loyiha haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Davlatimiz rahbari aholini sifatli sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. 

Bo‘z tumanidagi «Evro Ekfin» mas’uliyati cheklangan jamiyati jahon bozori talablaridan kelib chiqib, eng so‘nggi texnologiyalar asosida sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. 

Bugungi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan chorvachilik kompleksida 2 ming bosh zotli qoramol boqish ko‘zda tutilgan. 200 kishining bandligi ta’minlanadigan kompleks ishga tushgach, yiliga 13 ming tonna sut yetkazib beriladi. 

Davlatimiz rahbari chorvachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi. Fermer xo‘jaligining ushbu loyihasini har taraflama qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi. 

Asaka tumanidagi «Umid» xususiy korxonasining parranda boqishga ixtisoslashgan kompleksi loyihasi ham ko‘rildi. Hozirgi kunda korxonada 80 ming bosh parranda boqilmoqda. Yangi loyihaga ko‘ra, 80 million dona tuxum va 150 tonna parranda go‘shti yetkazib beriladi. Majmua ishga tushgach, 100 kishi doimiy ish joyiga ega bo‘ladi. 

Mamlakatimizda parrandachilikni rivojlantirish, bu tarmoqqa investitsiya jalb qilish, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining parranda go‘shtiga bo‘lgan talabini inobatga olib, bu sohada yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli ko‘rsatmalar berildi. 

Oltinko‘l tumanida tomorqalardan unumli foydalanish borasida ilg‘or tajriba to‘plangan. Ayniqsa, "Ko‘makay", "Cho‘ntak" mahalla fuqarolar yig‘inlarida namunali ishlar tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari tijorat banklari va tashabbuskorlar tomonidan aholi xonadonlariga limon, unabi va yong‘oq ko‘chatlari ekish va parranda yetkazib berish dasturining ushbu tuman misolidagi taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalarni yanada takomillashtirish, ularni belgilangan muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo