icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘z tumanida yengil sanoat sohasidagi loyihalar bilan tanishdi

02.06.2017

Bugungi kunda Andijon viloyatida 20 yirik yengil sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yetishtirilgan paxta tolasining 82 foizi viloyatda qayta ishlanmoqda. 

"O‘zbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati va tijorat banklari hamkorligida Andijon viloyatida 2017-2018-yillarda 19 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning samarasida tarmoqning eksport salohiyati 2,8 barobar oshadi, qariyb 9 ming 850 ish o‘rni yaratiladi. 

Ushbu loyihalarning 8 tasi Milliy bankning moliyaviy ko‘magida Andijon shahri, Andijon, Paxtaobod, Shahrixon, Bo‘z, Baliqchi tumanlarida amalga oshiriladi. Mazkur loyihalar 4,3 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 1 ming 325 kishini ish bilan ta’minlash imkonini beradi. 

Xo‘jaobod tumanidagi «Nil Granit» mas’uliyati cheklangan jamiyati «Samo» brendi ostida yiliga 5 million dona tayyor kiyim ishlab chiqarmoqda. 480 kishi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. 

Korxonada ip-kalava va mato bo‘yash, tayyor mato ishlab chiqarish va ularga bezak berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Buning samarasida eksport hajmini 25 million dollarga yetkazish, qo‘shimcha 1 ming 180 ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. 

«Oltin mato teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Andijon shahrida tashkil etiladigan korxona ham sohadagi istiqbolli loyihalardan biridir. Korxonada Yaponiya, Belgiya, Turkiyadan keltiriladigan uskunalar asosida tayyor kiyim-kechaklar, trikotaj mato, ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

«Vodiy sanoat faxri» va «Sayyora favvorasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida ham ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotlarni dunyo bozoriga chiqarish, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Prezidentimiz mazkur loyihalarning tashabbuskori bo‘lgan tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot tayyorlash, zamonaviy texnologiya va tendensiyalardan keng foydalanish, aniq hisob-kitob bilan ish yuritish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo